Xayirli tun, Guest!
Bugun: 02.12.2022
Soat: 08:59
Login Registration
Tasodifiy Maqola : Пахтадаги мухабат
Мен литсейда 3-курсда укирдим укишни бошидан хаммани пахтага чикариб юборишди пахта зерикарли еди ха... davomi
Uzbek Yangi kino 2023
Library | Qiziqarli malumotlar 18+

Energetiklarni necha yoshdan ichish mumkin?

Tags:ahborot | habarlar | новости | newsuz | news | yangiliklar | yangilik | uznews | xabarlar
Added:DENTER (11.09.2022 / 19:33)
Rating:rating 2053 article (1)
Reads:659
Comments:0
Bolalarga 16-17 yoshga toʻlmagunicha qahva va energetik ichimliklar ichishga ruxsat bermang! Bu haqda Moskva sogʻliqni saqlash departamenti psixiatr-narkologi Yevgeniy Bryun ogohlantirmoqda.

— Bolalarga kofeinli ichimliklarni ichishga ruxsat bermaslik kerak. Umuman, energetik ichimliklar va qahvadan 16-17 yoshgacha tiyilib turgan maʼqul. Kofein birinchi navbatda bolaning shakllanib kelayotgan nerv tizimiga zarar yetkazadi, — “Moskva” agentligi mutaxassisdan shunday iqtibos keltirmoqda.

Qahva va energetiklar isteʼmolidan soʻng bola jizzaki va injiq boʻlib qolib, tez toliqadi. Bolaning asab tizimiga energetiklar tarkibidagi asosiy moddalar — taurin, jenshen va guarana salbiy taʼsir koʻrsatadi. Qolaversa, qon bosimi oshishi va oʻsmalar paydo boʻlishida ham shularning taʼsiri bor.

Kofeinli ichimliklar organizm koʻp suv yoʻqotishiga sababchi boʻladiki, bundan buyraklarga juda ogʻir zoʻriqish tushadi. Kamiga yurak maromida ishlashi uchun zarur boʻlgan minerallar, kaliy, kalsiy, magniy kabi moddalarni kofein organizmdan chiqarib yuboradi.
Download txt | fb2
Home
Онлайн: 3 / 57

мунажжимлар башорати, kliplar, кинолар, узбек-кино , java kitoblar, java dasturlar, android kitoblar, android dasturlar, ayollarga maslahatlar, qiziqarli faktlar, erkaklarga maslahatlar, foydali maslahatlar, qaynoq musiqalar, uzbek mp3, uz mp3, yangiliklar birinchi bizda.

© XIKOYALAR.SU Mobil yuklamalar ombori!